AsosiyDunyo

G`AZO AHLI 30 YILDAN BERI ILK MAROTABA KINOTEATRGA TUShDI

'G`AZO AHLI 30 YILDAN BERI ILK MAROTABA KINOTEATRGA TUShDI'ning rasmi

G`azoning bir necha yuz aholisi 30 yil mobaynida ilk marotaba kino ko`rish uchun kinoteatrga tushdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

G`azoning eski kinoteatrlaridan biri hisoblangan “Samer” kinoteatri tomoshabinlar uchun shanba kuni, bir kechaga eshiklarini ochdi. Shanba kungi seansga 300 ga yaqin erkak va ayol tashrif buyurdi. “O`n yil”, deb atalgan mazkur to`liq metrajli film Isroil qamoqxonlarida saqlanayotgan falastinliklarning hayotiga bag`ishlangan. Film to`liq ravishda G`azoda suratga olingan.

“Samer” kinoteatri 1944 yilda qurilgan bo`lib, u 1960 yilda yopilgan. G`azo sektoridagi qolgan kinoteatrlar 1980 yillarning oxirida yopilgan edi. Namoyish tashkilotchisi Gxad Salmiyning aytishicha, mazkur tadbir “G`azoda kinoning qayta tug`ilish” ramzini ifodalaydi.

    Boshqa yangiliklar