AsosiyJamiyat

​MAShHURLAR "EZGULIKNI TANLA" IJTIMOIY LOYIHASIDA IShTIROK ETMOQDA(FOTO)

'​MAShHURLAR "EZGULIKNI TANLA" IJTIMOIY LOYIHASIDA IShTIROK ETMOQDA(FOTO)'ning rasmi

O`zbekistonning madaniyat, san`at va sport sohalarining taniqli vakillari "Ezgulikni tanla" ijtimoiy loyihasida ishtirok etmoqda.

Poytaxt ko`chalarida Sevara Nazarxon, Nasiba Abdullaeva, Munojotxon Yo`lchieva, Munisa Rizaeva, Asal Shodieva, Amira Alibekova, Ruslan Nuriddinov, Leyli, Bobur Ismoilov, va Saida Amirlarning jonivorlar bilan tushgan suratlari aks etgan bannerlarni uchratish mumkin.

Ushbu loyiha jamoatchilik e`tiborini hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish muammosiga jalb qilishga qaratilgan, ijtimoiy kampaniyaning asosiy shiori esa «#Ozorberma» deb nomlandi.

    Boshqa yangiliklar