2017 yilning 26 avgust kuni Toshkent shahri hududida 7 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB.
Mazkur yo`l-transport hodisasida 7 nafar shaxslar tan jarohati olgan. 2 nafar shaxslar vafot etgan.
Yo`l harakati xavfsizligi huquqbuzarliklari:
2017 yilning 26 avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 3019 ta huquqbuzarliklar bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo`lib, shulardan, 800 tasini qo`pol turdagi, 36 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 26 avgust kuni jami 740 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo`lib, shulardan 375 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog`iga bo`ysunmasdan harakatlanish, 365 tasini belgilangan me`yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.






