Andijonda ko`p qavatli uy tomida ta`mirlash ishlarini bajarayotgan ishchini tok urdi, deya xabar berdi FVV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, qo`p qavatli uyda ta`mirlash ishlarini bajarayotgan ishchini tok urish oqibatida xushini yo`qotgan.
2017 yilning 23 avgust kuni soat 20:25 larda hodisa haqida Navbatchilik qismiga ishchining hamkasbi qo`ng`iroq qilib ma`lum qildi.
Qutqaruvchilar voqea joyiga tezkorlik bilan etib kelib, ishchiga shoshilinch yordam ko`rsatishdi. FVV xodimlari ishchini maxsus anjomlar yordamida qo`p qavatli uy tomidan pastga tushirib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishdi.






