AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA IKKI AVTOMOBIL ORASIGA QISILIB QOLGAN FUQARO QUTQARILDI

'​TOShKENTDA IKKI AVTOMOBIL ORASIGA QISILIB QOLGAN FUQARO QUTQARILDI'ning rasmi

2017 yil 25 avgust kuni soat 14:23 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Toshkent shahar hokimligi Qutqaruv xizmati boshqarmasi dispetcheridan Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Chimgan” chorrahasida “Matiz” hamda “MAN” rusumli avtomashinalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgani va avtoulov ichida bir nafar odam qisilib qolgani to`g`risida xabar kelib tushdi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ushbu xabarni olgan zahoti boshqarma Qutqaruv otryadi navbatchi smena qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib bordilar. Voqea joyida vaziyat o`rganilganda, haqiqatdan ham “MAN” rusumli yuk avtoulovi ichida fuqaro F.T. qisilib qolgan ekan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan maxsus asbob-anjomlar yordamida F.T.ni avtoulov ichidan chiqarib olishdi va birinchi tibbiy yordam ko`rsatib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirishdi. O`z vaqtida yordam ko`rsatilishi natijasida fuqaro F.T.ning hayoti saqlab qolindi.

    Boshqa yangiliklar