2017-2018 o`quv yilida umumta`lim maktablarini darsliklar bilan ta`minlash ijara tizimiga kiritilgan darsliklar to`plamiga belgilangan yagona to`lov miqdorie`lon qilindi.
Ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2001 yildan boshlab respublikamizda umumta`lim maktablari darsliklariga ijara tizimi joriy qilingan.
Darsliklar to`plami uchun ijara to`lovi miqdori respublika bo`yicha yagona bo`lib u O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 28 aprelda 2577-sonli raqam bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Umumta`lim maktablarini darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta`minlash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 39-bandiga asosan, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg`armasi Vasiylik kengashi tomonidan sinflar va ta`lim tillari kesimida tasdiqlanadi.
Mazkur nizomning 43-bandiga asosan darsliklar to`plami uchun ijara to`lovlari umumta`lim maktabining shaxsiy g`azna hisob varag`iga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda to`lanishi mumkin.
Nizomning 51-bandiga asosan darsliklardan foydalanish usulidan qat`i nazar, ular yo`qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o`quvchining ota-onasi yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o`qituvchilar zararni xuddi shunday darsliklar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko`rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to`laydi:
Nizomning 30-bandiga asosan, birinchi sinf o`quvchilari, «Mehribonlik» uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari bo`lgan o`quvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalardagi o`quvchilar umumta`lim maktabi kutubxona jamg`armasi tomonidan darsliklar to`plami bilan bepul ta`minlanadi. Bunda darsliklar to`plami bilan bepul ta`minlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi o`quvchilarning ro`yxati 1 sentyabrgacha fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qo`mitasining xulosasiga asosan umumta`lim maktabining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Quyida ta`lim O`ZBEK, TOJIK, QORAQALPOQ, RUS, TURKMAN, QIRG`IZ, QOZOQ tillarida olib boriladigan maktablar uchun darsliklar ijara to`plamiga belgilangan yagona ijara to`lov miqdori bilan tanishishingiz mumkin.






