Xonanda Munisa Rizaeva 28-29-30 oktyabr kunlari "Istiqlol" san`at saroyida yangi konsert dasturini jonli ijroda taqdim etayotgani haqida xabar bergan edik.
Munisa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali konsert kunlari o`zgarganini ma`lum qildi:
"Diqqat, mening aziz do`stlarim va ijodim muxlislari! 28-29-30 oktyabrda bo`lishi rejalashtirilgan konsert dasturim qoldirilmaydi. Shunchaki, konsert kunlari noyabr oyiga o`tkaziladi. Aniq sana haqida esa keyinroq ma`lum qilaman".






