O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev AQSh Prezidenti Donald Trampga maktub yo`lladi.
Mazkur maktubda “talofatli «Harvey» dovuli oqibatida Texas shtatida ko`plab insonlarning halok bo`lishi va jarohatlanishi haqidagi xabar bizni qattiq qayg`uga soldi” deyilgan.
Davlatimiz rahbari nobud bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so`zlarini etkazishni so`radi, shuningdek, jarohat olganlarga tez fursatlarda sog`ayishni tiladi.






