AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV 6 SENTYaBR KUNI QIRG`IZISTONGA BORADI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV 6 SENTYaBR KUNI QIRG`IZISTONGA BORADI'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 sentyabr kuni Qirg`izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg`iziston Hukumat devoni matbuot xizmatiga asoslanib, "Gazeta.uz" xabar qildi.

30 avgust kuni O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qirg`iziston bosh vaziri Sapar Isakov bilan bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotida bo`lajak tashrif muhokama qilingan.

Telefon qo`ng`irog`i o`zbek tomoni tashabbusi bilan bo`lib o`tdi.Abdulla Aripov Sapar Isakovni hukumat rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, unga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish hamda chegara masalalari bo`yicha o`zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.

    Boshqa yangiliklar