AsosiyDunyo

​QOZOG`ISTONDA ShAXTA PORTLAShI OQIBATIDA 3 KIShI HALOK BO`LDI

'​QOZOG`ISTONDA ShAXTA PORTLAShI OQIBATIDA 3 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

Qozog`istonning Qarag`anda viloyatida shaxta portlashi oqibatida uch kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi fojiaga metanning otilishi sabab bo`lganligini ma`lum qildi. Portlash ro`y berganda, er ostida yuzdan ortiq odam, shu jumladan 4 kishi halokat yuz bergan joyda ishlayotgan edi. Ulardan biri omon qoldi.

Voqea joyida ekspertlar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar