Rossiya prezidenti Vladimir Putin O`zbekiston prezidentiga Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabriknoma yo`lladi, deb xabar berdi UzA.
Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga
Muhtaram Shavkat Miromonovich!
Sizni O`zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda erishgan muvaffaqiyatlari barchaga ma`lum. O`zbekiston jahon miqyosida yuksak nufuzga ega mamlakat sifatida xalqaro muhim masalalarni hal etishda alohida o`rin tutadi.
Davlatlarimiz o`rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta`kidlayman. O`zaro aloqalarning barcha yo`nalishlari bo`yicha hamda Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash yo`lidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni Siz bilan birgalikda davom ettirishga tayyor ekanimni tasdiqlamoqchiman. Ishonchim komilki, bu Rossiya va O`zbekiston xalqlarining manfaatlariga to`la mos keladi.
Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog`liq va muvaffaqiyatlar, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Hurmat bilan,
Vladimir Putin,
Rossiya Federasiyasi Prezidenti





