22.11.2013 12:26
Fond Forum faoliyati to`xtatilganini rasman e`lon qildi
Jamg`arma 10 yillik faoliyati davomida 3000 dan ortiq loyiha va tadbirlarni tashkillashtirdi, ulardan 100dan ortig`i xorijda bo`lib o`tdi.
Rasmiy bayonotda keltirilishicha, Fond Forum o`z oldidagi barcha majburiyatlarini amalga oshiradi. Xususan, Jamg`arma tomonidan rejalashtirilgan barcha asosiy loyihalar 35 ming bola ishtirokidagi «Yangi avlod» bolalar ijodiyoti festivali, 74 ming iste`dodli yoshlar qatnashgan «Kelajak ovozi» respublika tanlovi, 30 ming ayolni qamrab olgan «Yil ayoli» tanlovi, «Bazar Art» ko`rgazma-yarmarkasi, M&TVA milliy mukofoti, «Mehr nuri»ning grant loyihalari, “Hayot uchun!” dasturlari amalga oshiriladi.