Myanmaning g`arbiy qismida hukumat armiyasi, polisiya va musulmon-rohinjalar o`rtasidagi to`qnashuv oqibatida 400 nafar musulmon-roxinja qurbon bo`ldi, deb xabar berdi Currenttime.tv nashri.
40 mingdan ortiq rohinjalar qo`shni Bangladeshga hamda ikki mamlakat o`rtasida joylashgan Bengal ko`rfazidagi “hech kimga tegishli bo`lmagan”, inson qadami etmagan orolga qochib o`tgan.
O`tgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohinja jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o`t qo`yildi. Mazkur hodisa Myanmada kam sonli rohinja-musulmonlarining o`tgan 10 yillikdagi eng yirik qirg`ini bo`lib qolmoqda.






