Yanvardan ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan Abdusalom Azizov O`zbekiston mudofaa vaziri bo`ldi, deb xabar bermoqda "Gazeta.uz".
Avvalgi mudofaa vaziri Qobul Berdiev O`zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasiga rahbar bo`ldi, deya qayd etildi vazirlikda.
Avval xabar qilganimizdek, 2012 yildan Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Po`lat Bobojonov IIVga rahbar etib tayinlandi.






