AsosiyJamiyat

Toshkentning Xamza tumanida qotillik sodir bo`ldi

Huquqni himoya qilish organlari tomonidan O`tkir Mahmudov va Sabina Xamraeva ismli shaxslar qo`lga olingan.

Tergov natijasida Xamza tumani IIBB tergovchilari qotillik qanday sodir bo`lganini aniqlashgan.

Avvallari hech qaerda ishlamagan va ichib yurgan O`tkir Mahmudov Sabina Hamraeva spirtli ichimliklar sotiladigan do`konda tanishib qolishgan. Tanishganidan biroz vaqt o`tgach ular birga yashirincha yashay boshlashgan, sababi Sabina Xamraeva Aleksey Xamraev ismli shaxsning rafiqasi bo`lgan. U ham ichishni yoqtiradiganlardan bo`lgan.

Kunlardan bir kuni Sabina Mahmudovni turmush o`rtog`i bilan sinfdoshi sifatida tanishtirgan. So`ngra ular uchovlon birgalikda o`tirishlar uyushtira boshlashdi, o`tirishlar odatda urush janjallar bilan nihoyasiga etardi.

Ana shunday o`tirishlardan birining oqibat ayanchli bo`ldi. Ular odatga ko`ra o`tirib ichishgan, ammo birdan Aleksey Xamraev xotinining O`tkir bilan munosabati haqida bilib qolganini aytgan va Sabinaga tashlanib uni ura ketgan. O`tkir, Sabinani eridan qutqaraman deb, Alekseyni boshi va yuziga bir necha marta uradi. U esa hushidan ketadi. Bunga e`tibor bermagan Sabina va O`tkir o`tirishni davom ettirishga qaytishadi. Bir necha soat o`tgach Sabina va O`tkir kechki shahar bo`ylab sayrga otlanishdi. Uyga qaytgach nima bo`lganini tushunib etgan Sabina tez yordam va millisiyaga qo`ng`iroq qiladi. 

Mahmudov va Xamraeva o`sha kuniyoq qo`lga olingan. Mazkur ish bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan bo`lib, ikki sudlanuvchining aybi to`liq isbotini topgan.

    Boshqa yangiliklar