AsosiySiyosat

Oʻzbekiston va Pokiston prezidentlari Islomobodd muzokara oʻtkazdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Asif Ali Zardari bilan tor doira va delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.

'Oʻzbekiston va Pokiston prezidentlari Islomobodd muzokara oʻtkazdi'ning rasmi

Uchrashuvda O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, do‘stlik va strategik sheriklikni mustahkamlashning joriy holati hamda ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Pokiston prezidenti Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tgani munosabati bilan davlat rahbarini tabriklab, ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlashini ta’kidladi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi. Tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar soni oshib bormoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmqoda.

Yaqin istiqbolda o‘zaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, Hududlararo forumning birinchi yig‘ilishini joriy yilda Xivada o‘tkazishga kelishib olindi. Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va global masalalar yuzasidan pozitsiyalar yaqinligi tasdiqlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.

    Prezident Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 14:28

    'Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2026 14:24

    Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin bilan uchrashdi.

    'Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 04:59

    Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi

    Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

    'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 00:45

    Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

    'Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 19.02.2026 18:30

    Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi

    Oʻzbekiston prezidenti sammitda Gʻazonni tiklash va mintaqada barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha mamlakat pozitsiyasini bildirdi.