AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyevni Islomoboddda Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidentining Pokistonga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

'Shavkat Mirziyoyevni Islomoboddda Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari kutib oldi.'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Islomobod shahrida ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Ishoq Dor kutib oldi.

Uchrashuvda Ishoq Dor davlatimiz rahbariga tashrif doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida ma’lumot berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur davlat tashrifini tashkil etishda vazirning qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar hamda Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.'ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 15:30

    Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan telefon orqali gaplashdi.

    Prezident Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 26.02.2026 14:28

    'Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi'ning rasmi

    Siyosat 24.02.2026 14:24

    Oʻzbekiston va Belarus hamkorligi yangi bosqichga koʻtariladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 fevral kuni mamlakatimizda rasmiy tashrifda bo‘lib turgan Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin bilan uchrashdi.

    'Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 04:59

    Besh davlat G'azoga qo'shin yobaradi

    Qozog‘iston ham Xalqaro barqarorlashtirish kuchlari tarkibida xizmat qilish uchun qo‘shin yuborishga tayyorligini bildirdi.

    'Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Siyosat 20.02.2026 00:45

    Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston prezidenti Vashingtondagi sammitda nutq so‘zlab, qator uchrashuvlar o‘tkazdi va investitsiya loyihalarini muhokama qildi.

    'Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 19.02.2026 18:30

    Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ishtirok etdi

    Oʻzbekiston prezidenti sammitda Gʻazonni tiklash va mintaqada barqarorlikni taʼminlash masalalari boʻyicha mamlakat pozitsiyasini bildirdi.