AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev “Gohar Textile” asoschisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Islomoboddagi uchrashuvda Oʻzbekistonda qoʻshma toʻqimachilik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda mahalliy korxonalarni xalqaro yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish masalalari koʻrib chiqildi.

'Shavkat Mirziyoyev “Gohar Textile” asoschisi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahriga davlat tashrifi doirasida "Gohar Textile" kompaniyasi asoschisi Gouhar Mustafo bilan uchrashdi.

Kompaniya paxta tolasi qayta ishlashga ixtisoslashgan bo‘lib, maishiy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga ega.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda to‘qimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekiston korxonalarini xalqaro yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qiziqish bildirdi.

    Boshqa yangiliklar