O`zbekiston havo yo`llari aviachiptalarni milliy valyutada sotishni boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
“O`zbekiston havo yo`llari» 2017-yilning 5-sentyabridan boshlab, O`zbekiston Respublikasi hududidan bajariluvchi barcha yo`nalishdagi qatnovlarga aviabiletlarni milliy valyutada sotishni boshladi”, — deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.
Xabarda, shuningdek, chiptalar barcha toifadagi yo`lovichlar, jumladan rezident va norezidentlarga ham milliy valyutada sotilishi va aviabiletlarni kompaniyaning rasmiy saytida bron qilish va sotib olish mumkinligi aytib o`tilgan.






