Haj ibodatini amalga oshirishni niyat qilgan o`zbekistonlik hojilar Tavofi ifoza ya`ni, Haramni tavof qilish, Safo va Marvada sa`y amallarini to`liq yakunladilar.
Yurtdoshlarimiz uchun Makka shahridagi Haram masjididan 5000 metr uzoqlikdagi to`rt yulduzli «Abroj al-Hidoya» mehmonxonasiga joylashganlar. Mehmonxonadagi har bir xona muzlatgich, televizor hamda sovutgichlar bilan ta`minlangan. Sun`iy yo`ldosh orqali O`zbekiston televideniyasi dasturlarini tomosha qilish imkoniyati yaratilgan. 24 soat davomida zamonaviy maxsus avtobuslar ziyoratchilarning ibodatga borib kelishi uchun xizmatda. Ular 3 mahal milliy taom, issiq choy va yaxna ichimliklar bilan ta`minlangan hamda ularga yurtimizdan borgan malakali oshpazlar va shifokorlar xizmat qilishmoqda. Bu haqda Din ishlari bo`yicha Qo`mita axborot xizmati xabar berdi.
O`zbekistonlik ziyoratchilar Haj safaridan 8-24 sentyabr kunlari Vatanimizga kaytadi. Dastlabki reyslarda Ikkinchi Jaxon Urushi qatnashchilari va ularga hamrohlik qiluvchilar qaytishi rejalashtirilgan.






