O`zbegim milliy qadriyatlari festivali o`tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklaniladi.
“O`zbegim milliy qadriyatlari” festivali o`tkazilishi munosabati bilan, Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan Toshkent shahar ko`chalarida harakatlanish xavfsizligini ta`minlash maqsadida, tadbir o`tkaziladigan kuni barcha turdagi transport vositalari xarakati cheklanadi. Harakat cheklanadigan ko`chalar ro`yxati:
2017 yil 08 sentyabr soat 10.00dan-20.00gacha.
–A.Temur-Shaxrisabz ko`chasidan Navoiy ko`chasiga qadar;
- Shevchenko-Shaxrisabz ko`chasidan I.Karimov ko`chasiga qadar;
- I.Karimov-Sh.Rashidov ko`chasidan Shaxrisabz ko`chasiga qadar;
- Matbuotchilar-Sh.Rashidov ko`chasidan Zarafshon ko`chasiga qadar;
- Buyuk Turon-Navoiy ko`chasidan I.Karimov ko`chasiga qadar;
- Zarafshon-Navoiy ko`chasidan I.Karimov ko`chasiga qadar;
- Oloy-Shaxrisabz ko`chasidan Istiqlol ko`chasiga qadar;
- Mustaqillik-Shaxrisabz ko`chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar;
- Maxtumkuli-Shaxrisabz ko`chasidan Amir Temur ko`chasiga qadar;
- Istiqbol-Shaxrisabz ko`chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar.
Shuningdek, tadbir o`tkaziladigan vaqtda sharoit taqozo etsa, yuqorida ko`rsatilgan ko`chalarga yondosh boshqa ko`chalarda ham transport vositalari xarakati cheklanishi mumkin.






