Toshkent shahar Olmazor tuman IIB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan birgalikda bedarak yo`qolgan shaxs topildi.
Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Olmazor tumanida 5 sentyabr kuni soat 02.10da tushgan xabarga ko`ra, 3 sentyabr kuni soat 12.00 da, 1939 yilda tug`ilgan, Qoraqamish 1/4 dahasi 20-uyda yashovchi M.S. o`z uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolgan edi. Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida, fuqaro M.S. Olmazor tumani hududida aniqlandi va uyiga qaytarildi.






