AsosiyJamiyat

​“MIR ARAB” OLIY MADRASASINING OChILISh MAROSIMI BO`LIB O`TDI

'​“MIR ARAB” OLIY MADRASASINING OChILISh MAROSIMI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog`ida Buxoro viloyatida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan edi.

Mir Arab oliy madrasasiga qabul qilingan talabalar uchun dastlabki dars mashg`ulotlari 4 sentyabr kuni Bahouddin Naqshband majmuasida joylashgan Mir Arab oliy madrasasi binosida boshlandi, deya xabar beradi Din ishlari bo`yicha qo`mita.

2017 yil 6 sentyabr oliy madrasaning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ushbu tadbirda Toshkentdagi Islom sivilizasiya markazi direktori Sh. Minovarov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisining o`rinbosari O`.Hasanboev, O`zbekiston musulmonlari idorasi Ta`lim va kadrlar tayyorlash bo`limi mudiri v.b. A. Do`smatov, Buxoro viloyati hokimi O`. Barnoev, Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi, Buxoro Davlat universiteti hamda boshqa davlat hamda nodavlat tashkilotlar vakillari va talabalarning ota-onalari qatnashdilar. Oliy madrasaning tantanali ochilish marosimi ijtimoiy tarmoq orqali onlayn tarzda yoritib borildi.

Tadbir avvalida O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Keyin Yurtboshimizning tashabbuslari bilan ochilgan oliy madrasa haqida dil so`zlarini bildirish uchun tashrif buyurgan mehmonlarga so`z berildi.

Mehmonlar mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, aholi farovonligi, yoshlarimiz ongi va tafakkurini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o`tishdi. Xalqimiz diniy sohada ham emin-erkin ibodat qilish imkoniyatiga ega bo`lgani, minglab masjidlar ochilib, mo`min-musulmonlar ixtiyoriga topshirilgani va o`nlab diniy ta`lim muassasalari barpo qilinib, u erda talabalar diniy hamda dunyoviy fanlardan tahsil olayotganlari haqida fikrlar bildirildi.

Ayniqsa, Mir Arab oliy madrasasining oldingi maqomi yana o`ziga qaytarilganligi, bu oliygoh orqali, avvalo, xalqimizning diniy saviyasi ko`tarilishi, kelajakda mazkur dargohda xorijiy mamlakatlardan taklif bilan chiqqan mo`min-musulmonlarga ham ta`lim berilishi to`g`risida alohida ta`kidlandi.

Tadbir so`ngida Qur`on tilovat qilindi va davlatimiz ravnaqi, yurt tinchligi va xalqimiz farovonligi, yangi ochilgan oliy madrasa faoliyati borasida duoyi xayrlar qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar