AsosiyJamiyat

​YaNGIYO`LDA 6 KIShINING O`LIMIGA SABAB BO`LGAN MUDHISh YTH SODIR BO`LDI

'​YaNGIYO`LDA 6 KIShINING O`LIMIGA SABAB BO`LGAN MUDHISh YTH SODIR BO`LDI 'ning rasmi

Yangiyo`l tumani hududida 6 nafar shaxsning o`limiga sabab bo`lgan yirik yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi.

Xususan, 6 sentyabr kuni Toshkent - Termiz avtomobil yo`lining 832 km.da NEXIA avtomashinasi haydovchisi MAN yuk mashinasi bilan to`qnashuv sodir qilgan. Natijada yuk mashinasi yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga chiqib ketib, yana ikkita NEXIA avtomashinalari bilan to`qnashgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.

YTH oqibatida 6 nafar shaxs, shu jumladan bir nafar voyaga etmagan voqea joyida vafot etishgan. Yana 6 nafar shaxs turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Voqea joyida favqulodda xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishladi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar