9 sentyabr kuni Toshkentda miks silat sport turi bo`yicha halqaro turnir “Asian Fight-2017” bo`lib o`tadi. Unda 9 nafar sportchi O`zbekiston sharafini himoya qilishadi.
Xalqaro turnirga faxriy mehmonlar ham taklif etilgan. Kuni kecha Jan Klod Van Dammning og`ir betobligi bois kela olmasligi aytib o`tilgan va uning Stiven Sigal kelishi ma`lum qilindi.
"Asian Fight-2017" axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkent vaqti bilan bugun tungi soat 02:45 da jahon kinosi yulduzi Stiven Sigal ilk marotaba Toshkentga tashrif buyuradi.






