AsosiyJamiyat

​FOTO: TOShKENT GINNESS REKORDINI O`RNATIShGA TAYYoRLANMOQDA

'​FOTO: TOShKENT GINNESS REKORDINI O`RNATIShGA TAYYoRLANMOQDA'ning rasmi

Toshkent markazida bugun Ginnessning jahon rekordini o`rnatishmoqchi.

Ushbu tadbirning eng muhim hodisasi bu misli ko`rilmagan hajmda o`zbek milliy taomi bo`lmish palov tayyorlash bo`ladi. Ushbu jarayonda Guinness World Records vakillari ishtirok etishadi.

Ular ayni damda Toshkentda va ushbu hodisani qayd etishga tayyorgarlik ko`rishmoqda.

Ushbu palov 50 dan ortiq oshpaz yordamida tayyorlanadi. Uni tayyorlash uchun 1 500 kg. mol go`shti, 400 kg. qo`y go`shti, 220 kg. dumba va 1 900 kg. guruch ishlatiladi. Ulkan qozonga 2 700 kg. sabzi, 220 kg. piyoz, 440 litr o`simlik yog`i, 57 kg. tuz, 100 kg. no`xat, 190 kg. uzum, 5 kg. zira, 2 kg. yanchilgan qalampir, 1 kg. zarchava va 350 litr suv ishlatiladi.

Palov “Mehribonlik”, “Muruvvat” uylariga hamda poytaxtimizning 14 ta joyida tarqatiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar