AsosiyJamiyat

​GUINNESS WORLD RECORDS VAKILI TOShKENTDA TAYYoRLANAYoTGAN OSh GINNESGA KIRIShIGA IShONMOQDA

'​GUINNESS WORLD RECORDS VAKILI TOShKENTDA TAYYoRLANAYoTGAN OSh GINNESGA KIRIShIGA IShONMOQDA'ning rasmi

Poytaxtimizning Saylgoh ko`chasida “O‘ zbegim” milliy qadriyatlar festivali davom etmoqda. Festivalning eng yorqin hodisasi o`zbek milliy taomi – palov tayyorlash jarayonida Guinness World Records vakillari bevosita ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Guinness World Records vakili Stening Richard mazkur jarayon haqida O`zA muxbiriga intervyu berdi.

“O`zbek milliy taomlari jahonda juda qadrlanadi. Ayniqsa, palovni xush ko`ruvchilar ko`p. Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun taomning masallig`i to`rt tonnadan ortiq bo`lishi kerak. Biz hayajon bilan kutayapmiz. Bugun Toshkentda tayyorlanayotgan osh albatta, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladi, deb o`ylayman.”

Palov diametri 4,2 metr, hajmi deyarli 8 ming litr bo`lgan qozonda tayyorlanmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya zavodida maxsus quyilgan qozonning og`irligi 7070 kg, chuqurligi 1,5 metr. Qozon joylangan o`choq esa 3 tonna og`irlikka ega. Festival jarayoni Saylgoh ko`chasida o`rnatilgan 20 dan ortiq ekranda namoyish etilayapti. Shuningdek, “Milliy” telekanali, Guinness World Recordsning Facebookdagi sahifasi orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilmoqda.

“Milliy” telekanal tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur tantanali festivalda keng jamoatchilik va diplomatik korpus vakillari, xorijlik mehmonlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar