«O’zbegim» festivali doirasida 50 nafar eng yaxshi oshpaz eng katta palov tayyorlab, Ginnessning rekordini qayd etdi.
Palovning umumiy vazni 7 tonnani tashkil qildi, deya xabar beradi Uzreport.
Avvalroq oshning vazni 8 tonnani tashkil etishi haqida xabar bergandik. Palovni tayyorlash uchun 1 500 kg. mol go`shti, 400 kg. qo`y go`shti, 220 kg. dumba va 1 900 kg. guruch ishlatiladi. Ulkan qozonga 2 700 kg. sabzi, 220 kg. piyoz, 440 litr o`simlik yog`i, 57 kg. tuz, 100 kg. no`xat, 190 kg. uzum, 5 kg. zira, 2 kg. yanchilgan qalampir, 1 kg. zarchava va 350 litr suv ishlatiladi.
Jarayonni Ginnes rekordlar kitobi vakillari kuzatishdi.