
Bugun — 8 sentyabr sanasi O`zbekiston tarixida alohida o`ringa ega bo`lishi shubhasiz! Boisi o`zbekistonlik oshpazlar birlashishdi va ancha yillardan buyon erishishmoqchi bo`lgan orzusi ro`yobiga etishishdi. "Guinness World Records"ning vise-prezidenti Stening Richard (Richard Stenning) 7 tonna-yu 360 kg. hajmdagi o`zbegim oshini rasman ginnesslar rekordi kitobiga kirganini e`lon qildi. Batafsil reportaj yaqin soatlarda, unga qadar Saylgoh ko`chasida o`tgan tadbirdan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin.

Va`da qilinganidek, Saylgoh ko`chasida festivalga tashrif buyurgan mehmonlar uchun Sharq art-bozori tashkil qilindi. Unda shaharning eng yaxshi hunarmandlari o`z mahoratlarini ko`rsatdi. Tadbir mehmonlari o`zlariga yoqqan ijod mahsulini sotib olishdi.









Sadoqat ALLABERGANOVA
Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV






