O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi mutasaddi xodimlari hamkorligida masofadan turib Telegram ijtimoiy yozishmalar dasturi orqali Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tizimlarida ishlatiladigan maxsus blankalarni fuqarolarga bepul taqdim etish imkoniyati paydo bo`ldi.
Fuqaro Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish tizimlarida ishlatiladigan maxsus blankalarni ko`chirib olib, ulardan foydalanishi uchun Telegram ijtimoiy yozishmalar dasturining @PassportInfoUz akkauntida (bot) ro`yxatdan o`tish orqali amalga oshiriladi.








