Davlatimiz rahbari tomonidan Ichki ishlar idoralari tizimlarini tubdan isloh qilish yuzasidan bir nechta qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Xususan, ushbu qarorlarning birini ijrochisini ta`minlash yuzasidan, joriy yilning 10 sentyabr kuni poytaxtimizning Amir Temur hiyobonida Toshkent shahar hokimligi hamda Ichki ishlar Bosh boshqarmasi hamkorligida tadbir tashkil etildi.
Ya`ni, Respublikamizda birinchi marotaba Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan 150 nafar tayanch punkti profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyodi hamda ularga xizmat uylari va shaxsiy avtomashinalarini tantanali ravishda topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
Tadbirda, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi N.T.Yo`ldashev, Davlat maslahatchilari O.B.Murodov, Q.K.Kuronboev, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullaev, Mudofa Vaziri A.A.Azizov, Ichki ishlar Vaziri P.R.Bobojonov, Toshkent shahar hokimi R.J.Usmonov, Respublika mahalla va Nuroniylar jamg`armalari raislari, Toshkent shahrining tuman prokurorlari, tuman hokimlari, profilaktika inspektorlarining ota-onalari va yaqin qarindoshlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirok etganlar so`zga chiqishib, Davlatimiz rahbari tomonidan Ichki ishlar idoralariga, xususan profilaktika inspektorlariga ko`rsatilayotgan e`tibordan xursandchiliklarining cheki yo`qligini, chunki ushbu xodimlar orasida ularning farzandi, turmush o`rtog`i, aka-ukasi borligini ma`lum qilishib katta minnatdorchiliklarini ishor etdilar.






