1

​ShAVKAT MIRZIYoEV OSTONAGA TAShRIFI ChOG`IDA BIR QATOR UChRAShUVLAR O`TKAZDI

Jamiyat 11.09.2017, 10:40
Teglar: Shavkat Mirziyoev
​ShAVKAT MIRZIYoEV OSTONAGA TAShRIFI ChOG`IDA BIR QATOR UChRAShUVLAR O`TKAZDI

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 9-10 sentyabr kunlari Ostona shahrida bo`ldi, deb yozadi O`zA.

10 sentyabr kuni Ostona shahrida Mustaqillik saroyida Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo`yicha birinchi sammiti ochildi.

Mazkur saroyda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev kutib oldi.

Sammitni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev ochdi.

Islom hamkorlik tashkilotining ushbu nufuzli sammiti “Fan, texnologiyalar, innovasiyalar va islom olamini modernizasiya qilish” mavzusida o`tdi.

Ma`lumki, 2016 yil 18 oktyabr kuni Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo`lib o`tgan, “Ta`lim va ma`rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo`l” shiori uning asosiy g`oyasi etib belgilangan edi. Shu ma`noda Ostona sammitini Toshkentda o`tgan sessiyaning mantiqiy davomi, deyish mumkin.

Sammitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev nutq so`zladi.

Fan va texnologiyalar bo`yicha sammitda Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar va kuzatuvchi mamlakatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar vakillaridan iborat 80 ga yaqin delegasiya ishtirok etdi. Sammit yakunida Ostona deklarasiyasi imzolandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mazkur sammit doirasida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on, Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev bilan uchrashuvlar o`tkazdi.

Eron Prezidenti bilan muloqotda Shavkat Mirziyoev Hasan Ruhoniyni yaqinda bo`lib o`tgan Prezident saylovida ishonchli g`alaba qozongani bilan samimiy muborakbod etdi.

O`zbekiston va Eron xalqlarini tarixiy va madaniy mushtaraklik, yaxshi qo`shnichilik munosabatlari bog`lab turadi. Ikki mamlakatning mumtoz adabiy merosi xalqlarimiz uchun birdek qadrli. Bugungi kunda davlatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik izchil mustahkamlanib bormoqda.

Davlatimiz rahbari savdo-iqtisodiyot, investisiya, transport-infratuzilma sohalaridagi aloqalarga to`xtalar ekan, bu boradagi imkoniyat va keng salohiyatdan yanada samarali foydalanish, o`zaro sa`y-harakatlarni jadallashtirish hamkorlikni yangi bosqichga ko`tarishini ta`kidladi.

Hasan Ruhoniy Eron O`zbekistonni mintaqadagi yaqin va ishonchli hamkor deb bilishini, mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stona munosabatlar mustahkamlanishi o`zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`on bilan uchrashuvda mamlakatlarimizning savdo-iqtisodiyot, investisiya, sayyohlik va boshqa sohalardagi aloqalarini kengaytirish masalasi muhokama qilindi. O`zaro manfaatli va uzoq istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish uchun tegishli vazirliklar va ishbilarmon doiralar o`rtasida muntazam uchrashuvlar tashkil qilish muhimligi qayd etildi.

Ikki davlat Prezidentlari O`zbekiston bilan Turkiya bir-biriga muhim va uzoq muddatli hamkor sifatida qarashini, tomonlar hamkorlikni o`zaro ishonch tamoyillari asosida kengaytirish va xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yuksak darajaga ko`tarish tarafdori ekanini ta`kidladilar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani bilan muloqotda u bilan yana bir bor uchrashayotganidan mamnun ekanini ta`kidladi.

Ikki davlat rahbarlarining joriy yil iyun oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida o`tgan uchrashuvi chog`ida erishilgan kelishuvlar asosida hamkorlikni yanada faollashtirish bo`yicha «yo`l xaritasi» qabul qilindi. Uning izchil amalga oshirilayotgani natijasida savdo-iqtisodiy aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. 2017 yilning birinchi yarmida o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 18,5 foiz o`sgan.

Prezidentlarning ushbu uchrashuvidan keyin savdo aylanmasi yanada oshishi qayd etildi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuvda O`zbekiston – Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati, savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikasiya va boshqa sohalarda o`zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Ikki mamlakatning ulkan iqtisodiy salohiyatidan to`la foydalanish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Shu bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Respublikasiga tashrifi nihoyasiga etdi.

Sharhlar

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Shavkat Mirziyoev Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi (foto)

29.08.2022, 11:46

Avval xabar qilganimizdek, Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xorazm viloyatiga...
Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai Munavvara ziyoratidan boshladi (video)

17.08.2022, 16:42

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan ushbu mamlakatga borgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashrifni Madinai munavvara ziyoratidan boshladi. O`zbekiston rahbari Madina...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1