AsosiyJamiyat

​EKSPORTDAN KELIB TUShGAN ChET EL VALYuTASIDAGI TUShUMNI MAJBURIY SOTISh TALABI BEKOR QILINDI

'​EKSPORTDAN KELIB TUShGAN ChET EL VALYuTASIDAGI TUShUMNI MAJBURIY SOTISh TALABI BEKOR QILINDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177–sonli “Valyuta siyosatini erkinlashtirishning ustivor chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat`i nazar, barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar eksport amaliyotlari bo`yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo`yilgan talab bekor qilindi.

Yuqoridagi me`yor qabul qilinishi munosabati bilan va majburiy sotuvni amalga oshirilishi yoki oshirilmasligi yuzasidan kelib tushayotgan savollarga asosan O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma`lum qiladi:

2017 yilning 5 sentyabridan boshlab barcha tadbirkorlik sub`ektlari eksport qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) turi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning mulkchilik shaklidan qat`i nazar, eksport amaliyotlari bo`yicha kelib tushgan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qo`yilgan talab bekor qilindi.

Bundan buyon eksportchilar eksportdan kelib tushgan o`z valyuta mablag`larini erkin tasarruf etish va hech qanday to`siqlarsiz o`z xohishlariga ko`ra, joriy xalqaro to`lovlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar (xizmatlar) importi uchun sarflashlari yoki milliy valyutadagi joriy xarajatlarni amalga oshirish uchun xizmat ko`rsatuvchi bankka yoki valyuta birjasida (bank orqali) sotish huquqiga egadir.

Boshqa yangiliklar