Kuni kecha Buxoro viloyati hokimining turizm ishlari bo`yicha o`rinbosari Botir Shaxriyorov boshchiligidagi turistik tashkilotlar va hunarmand-ustalardan iborat delegasiyasi Kuala Lumpur shahriga tashrif buyurdi.
Botir Shaxriyorov Malayziyaning sayyohlik agentliklari va kompaniyalari assosiyasiyasi (MATTA) vise-prezidenti M. Akil bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida olib borilgan muzokaralar natijasida Malayziya tarafidan 8-10 sentyabr kunlari Kuala Lumpur shahrida bo`ladigan ko`rgazmaga Buxoro viloyatining turistik kompaniyalar va hunarmand-ustalardan iborat delegasiyasini yuqori darajada kutib olish va ular uchun Janubi-sharqiy Osiyodagi etakchi sayyohlik ko`rgazmalari qatoriga kirgan “MATTA FAIR-2017” Xalqaro turistik yarmarkasi 4 ta paviliondan birida maxsus stendda yurtimiz va Buxoro viloyati nomidan ishtirok etishmoqda.
Buxoroning etakchi “Authentic Travel”, “Silk road Voyages”, “Classic tour”, “East line tour”, “Ark Travel” sayyohlik kompaniyalari viloyatning turizm stendida Malayziyaning etakchi sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalari va bevosita yurtimizga tashrif buyurishni istagan ko`rgazma mehmonlari bilan uchrashib, mavjud turizm imkoniyatlari va infratuzilmasi, yangi turistik yo`nalishlar to`g`risida ma`lumotlar bermoqdalar.
Shuningdek, dunyoning etakchi turistik tashkilotlari bilan birgalikda muzokaralar olib borib, viloyat turizm va iqtisodiy salohiyatini qo`llab-quvvatlash uchun kerakli shartnomalar imzolashga erishmoqdalar.






