Samarqandda Shohi Zinda ko`chasida yo`lovchilar uchun zamonaviy ko`prik barpo etildi.
O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishlab bunyod etilayotgan me`moriy majmua atrofida keng miqyosdagi ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniga etmoqda.
Buning natijasi o`laroq, qisqa muddat ichida Vohid Abdullaev va Shohi Zinda ko`chalari tanib bo`lmas darajada o`zgardi. Majmuani ziyorat qilishga qulayliklar yaratish uchun bu erda zinapoyalar, ayvon, avtomobil qo`yadigan joylari qurib bitkazildi, deya xabar beradi “Samarkandskiy vestnik”.
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga bag`ishlangan yodgorlik majmuasi Islom Karimov tavalludining 80 yilligi arafasida, 2018 yilning 30 yanvarida ochilishi kutilmoqda.