AsosiyJamiyat

​ShAVKAT MIRZIYoEV MEKSIKA PREZIDENTIGA TA`ZIYa BILDIRDI

'​ShAVKAT MIRZIYoEV MEKSIKA PREZIDENTIGA TA`ZIYa BILDIRDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Meksika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Enrike Penya Netoga noma yubordi.

Unda Meksikaning janubida sodir bo`lgan vayronkor er silkinishi oqibatida ko`plab insonlarning halok bo`lgani va jabrlangani munosabati bilan hamdardlik bildirilgan.

Interfaksning xabar berishicha, Meksika soxillarida o`tgan haftada sodir bo`lgan zilzila oqibatida 96 kishi halok bo`lgan. Yana 200 kishi jabrlangan. Zilzila magnitudasi 8,4 ballni tashkil qildi. AQSh Geologiya xizmatining ma`lum qilishicha, zilzila ortidan bir nechta aftershoklar yuz berib, ularning magnitudasi 4,5 dan 5,7 gacha bo`lgan.


    Boshqa yangiliklar