Toshkent shahar IIBB avtomobillarning ro`yxatlash davlat raqam belgilarini auksionga taqdim etdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2017 yil 11 iyuldagi PQ−3127-son qarorini bajarish yuzasidan, O`zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini davlat ro`yxatidan o`tkazish tartibini takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2017 yilning 1 sentyabridan boshlab, jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini shaffof va raqobatdoshlik asosida oshirilgan to`lov stavkasi bo`yicha, “O`zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o`tkazish orqali, shuningdek ularning buyurtnomalari asosida avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to`lov stavkalari bo`yicha bosqichma-bosqich berish haqidagi taklifi ma`qullandi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun RO`DRBni oshirilgan to`lov stavkasi bo`yicha berishda auksion o`tkazish axborot tizimi orqali mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo`yicha amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ro`yxat bo`yicha I, Ia (yuridik shaxslar uchun), III, IIIa (jismoniy shaxslar uchun) tipdagi avtotransport vositalari uchun ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari auksionga qo`yiladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to`lov stavkalari bo`yicha berish stavkalari O`zbekiston Respublikasining Respublika byudjetiga to`liq hajmda o`tkaziladigan, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravari miqdorida belgilanadi.
Avtotransport vositalari uchun xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to`lov stavkalari bo`yicha berish tartibi ushbu qarorning 2-ilovasida qayd etilgan raqamlar kombinasiyasiga nisbatan qo`llanilmaydi.
Ariza beruvchi xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan oshirilgan to`lov stavkasi bilan RO`DRB berilgungacha avtotransport vositasini uning vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami bilan boshqarishi mumkin.
Xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan oshirilgan stavka bo`yicha RO`DRB berilgungacha avtotransport vositasini vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazish avtotransport vositasini davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Xaridorgir harf va raqamlar kombinasiyasiga ega bo`lgan oshirilgan stavka bo`yicha RO`DRB berilgungacha avtotransport vositasini vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazishda ilgari berilgan (ilgari foydalanishda bo`lgan) RO`DRB beriladi avtotransport vositasi egasidan yoki uning vakilidan ilgari berilgan (ilgari foydalanilgan) RO`DRBni berish uchun to`lov undirilmaydi.
Xozirgi kunda Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan auksionga qo`yilgan ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari to`g`risidagi ma`lumotlarni avtoraqam.uzex.uz saytidan olish mumkin.
Oshirilgan to`lov stavkalari bo`yicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport
vositalari uchun ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilarining
RO`YXATI
| t/r | Toifa nomi | *RO`DRBning seriyadagi soni | *RO`DRBning raqamlar kombinasiyasi | *RO`DRBning boshlang`ich narxi (EKOIHda**) | |
| RO`DRBga har xil kombinasiyadagi harflar bilan | RO`DRBga bir xil kombinasiyadagi harflar bilan | ||||
| Toshkent shahri | |||||
| 1. | 1-toifa | 27 juft | 001, 002, 003, 004, 005, 006, 007, 008, 009. 100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900. 111, 222, 333, 444, 555, 666, 777, 888, 999. | 100 | 130 |
| 2. | 2-toifa | 19 juft | 010, 020, 030, 040, 050, 060, 070, 077, 080, 090. 101, 202, 303, 404, 505, 606, 707, 808, 909. | 70 | 100 |
| 3. | 3-toifa | 19 juft | 011, 022, 033, 044, 055, 066, 088, 099. 110, 220, 330, 440, 550, 660, 770, 701, 702, 880, 990. | 50 | 80 |
| Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar | |||||
| 4. | 1-toifa | 27 juft | 001, 002, 003, 004, 005, 006, 007, 008, 009. 100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900. 111, 222, 333, 444, 555, 666, 777, 888, 999. | 70 | 100 |
| 5. | 2-toifa | 19 juft | 010, 020, 030, 040, 050, 060, 070, 077, 080, 090. 101, 202, 303, 404, 505, 606, 707, 808, 909. | 50 | 80 |
| 6. | 3-toifa | 19 juft | 011, 022, 033, 044, 055, 066, 088, 099. 110, 220, 330, 440, 550, 660, 770, 701, 702, 880, 990. | 35 | 65 |
*) RO`DRB – ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari.
**) EKOIH – eng kam oylik ish haqi.






