AsosiyJamiyat

​“URGUT” ERKIN IQTISODIY ZONASI O`Z FAOLIYaTINI BOShLADI

'​“URGUT” ERKIN IQTISODIY ZONASI O`Z FAOLIYaTINI BOShLADI'ning rasmi

Samarqand viloyatining Urgut, Pastdarg`om va Nurobod tumanlarida 816 gektar er maydoniga ega bo`lgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi.

O`tgan vaqt mobaynida erkin iqtisodiy zona direksiyasi faoliyat boshlab, hududda amalga oshirilishi lozim bo`lgan loyihalar ishlab chiqildi. 2017-2018 yillarda bu erda 281,1 million dollarlik 80 loyihani amalga oshirish ko`zda tutilgan va buning camarasida 5 mingdan ortiq yangi ish o`rni yaratiladi. Ayni paytda 50 ga yaqin loyiha tasdiqlanib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishilmoqda.

Erkin iqtisodiy zonada faoliyat boshlayotgan 39 tadbirkorlik sub`ektiga tantanali ravishda guvohnomalar topshirildi, deya xabar beradi O`zA.

    Boshqa yangiliklar