1

«AYoLLAR SALTANATI»NI BOShLAB BERGAN KO`SEM SULTON

Moziydan sado 12.09.2017, 16:52
«AYoLLAR SALTANATI»NI BOShLAB BERGAN KO`SEM SULTON

Ko`sem sulton (1590–1651) Usmoniylar sulolasi sultoni Ahmad I ning birinchi yoki ikkinchi xotini hamda sultonlar Murod IV va Ibrohim I ning onasi. O`g`illari hukmronlik hilgan davrda volida sulton martabasini egallab, Usmoniylar imperiyasisdagi eng nufuzli ayollardan biri sanalgan va «Ayollar saltanati» deb ataladigan davrni boshlab bergan. Bu davrda hokimiyatni qo`lga kiritgan ayollar ulkan saltanatni boshharishda bevosita ishtirok etishgan. Rasman hali voyaga etmagan o`g`illari taxtga chihhan bo`lsa-da, hukmu harorlarni ularning volidalari chiqarishardi. Go`zal, ohila, mahsadlari yo`lida toymaydigan, oldilariga buyuk rejalarni qo`ygan bu ayollarning nomlari tarixga kirdi.

1590 yili Gresiyada dunyoga kelgan Xaseki Mohipaykar Ko`sem volida sulton asli ismi Anastasiya bo`lib, uni yoshligida bosniyalik qaroqchilar o`g`irlab ketib, Usmoniy turklarga qullika sotishadi. 15 yasharli Anastasiya Sulton Ahmad Birinchining muhabbati va hurmatiga sazovor bo`ladi. O`tkir aqli va ziyrakligi bois Ko`sem ( «eng suyukli» – podishoh joriyasini shunday deb ataydi) butun Top-kapi saroyini o`ziga bo`ysindiradi, Sultonning muhabbatiga erishadi, unga hator-hator farzandlarni (to`rt o`g`il va to`rt qiz!) dunyoga kelitiradi, shu bilan birga Ahmad birinchining eng yaqin do`stiga aylanib, unga umrining oxirigacha o`z ta`sirini o`tkazib keladi. Qizlarini katta-katta amaldorlarga uzatib, ularning yordamiga suyanadi.

1617 yili Ahmad 28 yoshida olamdan o`tadi. Qo`sem beva qoladi-yu, shu ondan boshlab uning saltanat tepasidagi zafarli yurishi boshlanadi. Bunday balandlarga undan keyin ham, undan avval ham saroyning hech bir ayoli erisha olmaydi. U sultoning ko`ngli uchun qanday kurashgan bo`lsa, endi shahzodalarining taqdiri uchun xuddi shunday kurashni davom ettiradi. Vorislik qoidalariga ko`ra Ahmadning boshqa joriyadan bo`lgan to`ng`ich o`g`li Usmon taxtga o`tirishi kerak edi. Ammo Ko`sem shahzodaning voyaga etmaganini hisobga olib (vaholanki, Usmon otasi taxtga chihhan yoshga – 13 ga kirgan bo`lsa-da), devon uning nomzodiga qarshi chiqishiga erishadi va taxtga Mustafoni – Ahmadning ukasini o`tirg`izishadi. Mustafo I nomiga sulton bo`lib, u aqli ojiz bo`lgani uchun ham sultonning boshqa aka-ukalari singari qatl etilmay omon qolgandi. Uning omon qolishida Ko`semning ham hissasi bor hisoblanadi.

Ko`sem Mustafoning onasi bo`lmagani bois u volida martabasiga erisha olmaydi va eski saroyga jo`natib yuboriladi va u erda Istanbulga qaytish rejasini tuzadi. Keyingi yiliyoq Mustafo taxtdan tushirilib o`rnini Usmon egallaydi va 1622 yillgacha tuppa-tuzuk saltanatni boshqaradi, ammo yanicharilar qo`zg`olon ko`tarib, uni tutib o`ldirishadi. O`z navbatida Usmon o`limidan bir yil avval Ko`simning to`g`ich o`g`li Mahmudni o`ldirtirgan bo`ladi. Usmonning bir nechta Xesekelari, ya`nikim farzand tug`ishi mumkin bo`lan joriyalari bo`lishiga qaramay, uning o`g`illari yo`qligi munosabati bilan taxtga o`z xohishiga harshi yana Mustafo o`tiradi. Uning ikkinchi bor taxtga chihishi ham uzoqqa cho`zilmaydi. Qosim navbatdagi davlat to`ntarishini uyushtirib, o`zining 11 yasharli o`g`li Murodni podshoh qilib ho`yadi va 1632 yilgacha uni rasman boshharib turadi. Elchilar Ko`sem pardo ortida turib o`g`liga qanday javob berishni, u yoki bu masalada qanday qarorlar chiqarishni aytib turardi, deb guvohlik qilishgan.

Murod IV voyaga etgach, badxulhligi boshini eydi. Ichkilikka berilgani bois 28 yoshida birorta farzand ko`rmay olamdan o`tadi. 1640 yili saltanat taxtini uning ukasi Ibrohim egallaydi va Ko`sem yana hokimiyatni qo`liga oladi. Ibrohim akasiga o`xshab hokimiyatni onasining qo`liga topshirib qo`yishni istamay 21 yoshga kirganida onasini saroydan haydaydi. Ammo amakisi kabi aqlan ojizroq va irodasi bo`sh bo`lgani bois hokimiyat onasining qo`lidan joriyalar qo`liga o`tib qoladi. Bunga Ko`sem chidolmaydi.

1648 yili o`z onasining ishtiroki bilan Ibrohim taxtdan hulatildi va hatl etildi, hatl etilgan podshoning etti yasharli o`g`li Mahmud esa podsho qilib qo`yiladi. Mahmudga uning onasi Turxon emas, buvisi Ko`sem vasiy etib tayinlanadi.

Ko`sem sulton hayoti fojiaviy yakun topadi. Nabirasi Mahmud taxtga chiqqach, volida martabasiga ko`tarilgan uning onasi Turxon bilan munosabatlari buziladi. Turxon – Ko`semning Ibrohim ismli o`g`lining joriyasi edi. Erining o`limidan so`ng, Turxonning olti yasharli Mahmud ismli o`g`lini taxtga o`tirg`izishadi. Endi yigirmaga kirgan yosh volidani tajribasiz deya volidalik vazifalaridan chetlatishlari tufayli yuzaga kelgan nizo oqibatida Ko`semni o`z yotog`ida bo`g`ib o`ldirishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1