AsosiyShou-biznes

«MUHTAShAM YuZ YIL. KO`SEM» SERIALINING BOSh QAHRAMONINI O`YNAGAN AKTRISA KIM?

Ko`sem sulton roliga serial ijodkorlari xuddi Xurram sulton rolini o`ynagan Maryam Uzerlidek turk tomoshabinlariga notanish aktrisani taklif qilishdi. 6 yoshidan turli reklama roliklarida, keyinchalik kino va seriallarda rollar ijro qilib yurgan aktrisa – Anastasiya Tsilimpiuning boshiga baxt qushi qo`ndi desak yolg`on bo`lmaydi. Axir 60 mingga yahin nomzoddan aynan shu qiz Mohipaykar Ko`sem sulton roliga tanlab olingandi-da. Aytishlaricha, uning yorqin tashhi ko`rinishi bunga sabab bo`lganmish. Yana tinib-tinchimas jurnalistlarning izoh berishicha, u iqtidori va go`zalligi tufayli emas, balki olgan gonorari tufayli ham mashxur bo`ldi. Har bir seriyaga taxminan 10 ming dollardan gonorar olish uncha-muncha mashxur aktyoru aktrisalarning orzusi-da. Gresiyada-ku, u eng katta gonorar olgan aktrisaga aylandi-qoldi.

Suratga olish payti 17 yasharli Anastasiya Istambulga ko`chib kelib, turk tilini o`rganishga kirishdi. Ammo uning serialdagi «umr» i uzoqqa cho`zilmadi. Yangi serialning reytingi «Muhtasham yuz yil» niki singari baland bo`lmaganini ko`rgan va uning keyingi qismlari taqdiridan xavotirlangan prodyuserldar Ko`sem rolini turk kinoyulduzi Baren Saatga topshirdilar.

    Boshqa yangiliklar