AsosiyJamiyat

GERMANIYa ELChISI O`ZINING O`ZBEKISTONDAGI DIPLOMATIK MISSIYaSINI YaKUNLADI

'GERMANIYa ELChISI O`ZINING O`ZBEKISTONDAGI DIPLOMATIK MISSIYaSINI YaKUNLADI'ning rasmi

2017 yilning 13 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizda o`z diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Naythart Hofer-Vissingni qabul qildi.

Ikki tomon kun tartibi yuzasidan fikr almashish davomida O`zbekiston va Germaniya o`rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlar an`anaviy va dinamik rivojlanayotgani qayd etildi.

Vazir Elchining mamlakatimizdagi to`rt yillik muvaffaqiyatli faoliyati va hamkorlikning mustahkamlanishiga qo`shgan shaxsiy hissasini ta`kidladi.

Elchi O`zbekistondagi vazifasini ijro etishi uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar