AsosiyJamiyat

​“XALQ BANKI” BANKOMATLARIDAN NAQD PUL EChIShDA 1% KOMISSIYa TO`LOVINI JORIY ETDI.

'​“XALQ BANKI” BANKOMATLARIDAN NAQD PUL EChIShDA 1% KOMISSIYa TO`LOVINI JORIY ETDI.'ning rasmi

“Xalq banki” Toshkent shahar filiali plastik bo`limi mutasaddisining aytishicha, bank tomonidan bankomatdan plastik kartadan naqd pul echilganda umumiy summadan 1 foiz komissiya to`lovi joriy etildi.

Xalq banki xizmat ko`rsatgani uchun echilgan summadan 1 foiz komission haq olinadi. Misol uchun 50 ming so`m pul echilsa 500 so`m komission to`lov olib qolinadi. Komissiya to`lovi mablag`lari bankning elektr energiyasi, inkassasiya xarajatlarini qoplashga mo`ljallanganini, bankomatlar eskirishi yoki buzilishi bilan bog`liq sarfflar ham hisobgsha olingan. Shu bilan birga bank xodimi bankomatlar bir kunda 2-3 marta pul bilan uzluksiz ta`minlanayotganini va yana qo`shimcha bankomatlar tez orada o`rnatilishini ta`kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar