Ijtimoiy tarmoqlarda 50 ming so`mlik kupyura chiqarilgandan so`ng O`zbekistonda 100 ming so`mlik kupyura ham chiqariladi degan mish-mishlar tarqalgani barchaga ma`lum.
Bugun O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O`zEOAVMA Media Markazida tashkil etilgan brifingda ushbu gap-so`zlarga oydinlik kiritildi.
Markaziy bank raisining birinchi o`rinbosari Temur Ishmetovning ma`lum qilishicha, bu gap-so`zlar mutlaqo asossiz bo`lib, pul birligi chiqarilishi haqida biror qaror qabul qilinsa, albatta OAV orqali ma`lumot berilishini aytdi.