Davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonuni ning yangi tahriri kuchga kirdi.
Unga ko`ra Murojaatlar og`zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo`lishi mumkin. Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan bo`lishi kerak. Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to`liq nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatilgan bo`lishi kerak. O`z navbatida anonim murojaatlar ko`rib chiqilmasligi belgilangan.
Shuningdek qonunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonalari faoliyatini ham reglamentlashtirgan.