1

​ Shifo maslahat: ASABIYLIKDAN DUDUQLANSA...

Salomatlik 14.09.2017, 20:35
​  Shifo maslahat: ASABIYLIKDAN DUDUQLANSA...

— O`g`lim 26 yoshda. Kichikligida biror nimadan qo`rqib ketsa duduqlanib qolardi. Katta bo`lsa, o`tib ketar deb e`tibor qilmagandik. Hozir bo`lsa, asabiylashsa ham, duduqlanib qolayapti. Endi davolashga kechikmadikmikan?

Sojida Vohidova, Samarqand viloyati

Oybek Pardaboev, oliy toifali shifokor-nevrolog:

— Duduqlanish ikki xil bo`ladi. Funksional va organik buzilishlar oqibatida kelib chiqadigan duduqlanish shular jumlasidan. O`g`lingizning holatiga aniqlik kiritish uchun nevropatolog ko`rigi talab etiladi. Tekshiruv natijasiga ko`ra, qo`shimcha tahlillar, EEG REG, EXOEG va bosh miya MRTsi o`tkaziladi. Aytganlaringizdan kelib chiqib farzandingizda tashqi emosional omillar ta`sirida duduqlanish jarayoni kuchayishi, shaklan nevrotik turga mansubligini aytish mumkin. Muolaja choralarini nevrolog, psixolog, psixiatr va logoped hamkorlikda olibborishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1