1

Shifo maslahat: “KO`ZIMDA SANChIQ BOR...”

Salomatlik 14.09.2017, 21:01
Shifo maslahat: “KO`ZIMDA SANChIQ BOR...”

— Kun davomida hech qanday bezovtalik bo`lmaydi. Ammo kechga borib, ko`zim qichishib, ichida sanchiqli og`riq paydo bo`ladi. Buning sababi nima bo`lishi mumkin?

Kumush Ortiqova, Sirdaryo viloyati

Nodira RASULOVA, shifokor-okulist:

— Sizning holatingizda ko`rish o`tkirligi va ko`z ichki bosimini tekshirish, ko`z UTTsi va ko`z tubidagi nerv tomirlari holatini aniqlash lozim. Umumiy allergiyaga moyilligingiz yo`qmi, bu ham muhim omillardan biri. Bahor faslida allergenlar faollashadi. Mabodo allergiyaga moyilligingiz bo`lsa, ko`zda qichishish, qizarish va sanchiqli og`riq kabi bezovtaliklar, shuningdek, tomoqda ham qichishish bo`lishi mumkin. Ushbu holat allergik konyuktivit deyiladi. Maslahatim, albatta okulist ko`rigidan o`ting. Tahlil natijalariga ko`ra zarur muolaja usuli qancha erta boshlansa, shuncha yaxshi. Darvoqe, agar ko`zdagi o`zgarishlar boisi allergik ta`sirdan bo`lsa, shirinliklar, yong`oq va sitrus mevalar taqiqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1