1

Shifo maslahat: “YuZIMGA TOShMA TOShDI...”

Salomatlik 14.09.2017, 21:26
Shifo maslahat: “YuZIMGA TOShMA TOShDI...”

— Bir oy avval yuzimga yarasifat toshma chiqqandi. Antibakterial ta`sirga ega krem surtib yurdim. Toshma ko`chib tushdi. Biroq xuddi shunga o`xshash toshmalar bilagim va oyog`imning boldir sohasida ham paydo bo`ldi. Suv tegsa, kattalashib, atrofi qizarib qolayapti. Qanday davolashni bilmayapman.

Aziza Tojieva, Jizzax viloyati

Rustam Zokirov, shifokor-dermatovenerolog:

— Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida turar joyingiz bo`yicha teri tanosil dispanseriga murojaat qilishni tavsiya etaman. Siz aytayotgan yaraaslida qanday xarakterga ega, qay holatda kelib chiqdi — tekshirish lozim. Qolaversa, bir oy avval paydo bo`lgani bilan hozirgilarining o`rtasida farq bo`lishi mumkin. Dermatolog ko`rigidan o`ting-da, zamburug`ga tahlil topshiring. Ushbu tahlil uchun toshma ustidan namuna olinib, laboratoriya sharoitida o`rganiladi. Mutaxassisning to`liq tekshiruvi hamda barcha kerakli tahlillar amalga oshirilgach, zarur muolaja usuli tavsiya etiladi. Hozircha bilib-bilmay turli surtmalardan foydalanmang.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1