Toshkent shahrida sodir etilayotgan og`ir oqibatli yo`l-transport hodisalarining sonini kamaytirish, “Yo`l harakati qoidalari” ni harakat qatnashchilari o`rtasida keng targ`ib qilish maqsadida, yo`l harakati xavfsizligini targ`ib qiluvchi, kuchli charchoqlik holatida, xavfsizlik kamarini taqmasdan transport vositasini boshqarmaslik, transport vositasini boshqarish vaqtida uyali telefondan foydalanmaslik, tezlikni me`yordan oshirmaslik, spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda transport vositasini boshqarmaslik haqida targ`ibot bannerlari ishlab chiqildi va o`rnatildi.
Ushbu bannerlar Toshkent shahridagi A.Temur, Bobur, Bog`ishamol, Beshyog`och, Sh.Rashidov ko`chalarida yo`l bo`ylarida joylashgan reklama shitlariga joylashtirildi.






