AsosiyShou-biznes

"ELDIDO" GURUHI VAKILLARIDAN YaNA BIRI BO`YDOQLIK BILAN XAYRLAShDI

'"ELDIDO" GURUHI VAKILLARIDAN YaNA BIRI BO`YDOQLIK BILAN XAYRLAShDI'ning rasmi

Bu yil ham estrada vakillaridan ko`pchiligi bo`ydoqlik bilan xayrlashdi, mazkur ro`yxat hali davom etyapti.

10 sentyabr sanasida Samarqandda o`tgan qiz bazmi so`zimiz isboti bo`la oladi. Aniqrog`i, "ELDIDO" guruhi vakillaridan biri - xonanda, aktyor va teleboshlovchi Dilniyoz G`afforov yaqinlari, hamkasblari bilan qiz bazmini o`tkazgani haqida guruhning yana bir vakili Eldor Xushvaqtov instagram tarmog`idagi shaxsiy sahifasi orqali ma`lum qildi.

"Vaqt ham tez o`tmoqda, kechagina "uylanishimga 7-8 yil bor hali", deb yurgandi. Bugun esa o`sha vaqt keldi. Qiz bazmini ham o`tkazdik. Xudo xohlasa, 17 sentyabrda to`y. Dilniyoz, ukajonim tabriklayman, baxtli, hamma havas qiladigan oila boshlig`i bo`lgin. Kelayotgan kelinning qadamlari qutlug` kelsin!", deb yozadi xonanda Eldor Xushvaqtov.

Fursatdan foydalanib, "ELDIDO" guruhi vakili Dilniyoz G`afforovni "Darakchi" gazetasi va sayti jamoasi nomidan tabriklaymiz va baxt tilaymiz!

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar