Toshkent viloyati Zangiota tumanida daraxtlarni noqonuniy kesish holati aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Xususan, Toshkent tumanida yashovchi B.Soyibnazarov (1978 y.t.) Zangiota tumani “Darxon” mahallasidagi (sobiq Dendropark hududi) 240 tup turli xildagi manzarali daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib olib ketib, o`simlik dunyosiga jiddiy ziyon keltirgan.
B.Soyibnazarov tomonidan etkazilgan moddiy zarar miqdori 300 mln. so`mdan oshiq baholanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzor, o`rmon va boshqa dov-daraxtlarga shikast etkazish va ularni nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.
Jinoyat ishi tergovi nazoratga olingan.






